Tilda Publishing
LET'S GO!
Контакты
О клинике
Врачи
Услуги
Главная
- Tez yordam xizmati
- Call markaz
(Mo'ljal "Farovon" to'yxonasi)
Toshkent sh., Shayxontohur dahasi, Farobiy ko'chasi, 415
LET'S GO!
Контакты
О клинике
Врачи
Услуги
Главная
Toshkentda gastroskopiya (FGDS / EGDS) — CITYMED klinikasi
CITYMED tibbiyot markazidagi videogastroskopiya (fibrogastroduodenoskopiya / ezofagogastroduodenoskopiya) — qizilo'ngach, oshqozon va 12 barmoqli ichak shilliq qavatining holatini vizual baholash imkonini beruvchi yuqori aniqlikdagi endoskopik tekshiruv usulidir. Tekshiruv davolovchi shifokor (gastroenterolog, terapevt, jarroh) ko'rsatmasi asosida yoki klinik ko'rsatmalar mavjud bo'lganda, bemorning individual sog'liq holati va qarshi ko'rsatmalar bor yoki yo'qligini hisobga olgan holda o'tkaziladi.

CITYMED endoskopiya bo'limi bosh binoda, quyidagi manzilda joylashgan: Toshkent shahri, Farobiy ko'chasi, 415-uy (Shayxontohur va Olmazor tumanlari chegarasida). Bu joylashuv yaqin atrofdagi turar-joy massivlari (Beruniy, Tinchlik, Chorsu, Sebzor, Qoraqamish) aholisi, shuningdek poytaxtning boshqa tumanlari va Toshkent viloyatidan kelgan bemorlar uchun qulaydir.

CITYMED klinikasida gastroskopiya malakali endoskopist shifokorlar tomonidan ekspert darajadagi raqamli videoendoskoplar yordamida o'tkaziladi. Tekshiruv mahalliy og'riqsizlantirish (sprey-anestetik) yordamida yoki medikamentoz uyqu (sedatsiya) ostida o'tkazilishi mumkin. Sedatsiya ostida protsedura o'tkazishning maqsadga muvofiqligi va yo'l qo'yilishi shifokor tomonidan bemorning anamnezi, qo'shimcha kasalliklari, qarshi ko'rsatmalari mavjud yoki yo'qligi baholagandan so'ng individual tarzda belgilanadi.
CITYMED klinikasida videogastroskopiyaning asosiy ko'rsatmalari va imkoniyatlari
  • Yuqori oshqozon-ichak tizimi (OIT) kasalliklarini tashxislash — gastrit, duodenit, ezofagit, oshqozon va 12 barmoqli ichak yara kasalligi, gastroezofageal reflyuks kasalligi (GERK) belgilarini aniqlash.

  • Nishonli biopsiya — tuzilma yoki onkologik o'zgarishlardan shubhalanilganda gistologik va sitologik tekshiruv uchun shilliq qavat to'qimasi fragmentini olish.

  • Helicobacter pylori ekspress-testi — protsedura davomida oshqozonda yallig'lanish va yara jarayonlarini keltirib chiqaruvchi bakteriyaning mavjudligini tezkor aniqlash.

  • Yangi hosilalarni erta tashxislash — optik kattalashtirish va tor spektrli vizualizatsiya (NBI) texnologiyalari yordamida poliplar, adenomalar va shilliq qavatning minimal displastik o'zgarishlarini aniqlash.

  • Endoskopik polipektomiya — qizilo'ngach, oshqozon yoki 12 barmoqli ichakda kichik hajmdagi yaxshi sifatli (доброкачественный) polip aniqlanganda, qarshi ko'rsatmalar va asoratlar xavfi bo'lmagan taqdirda, endoskopist shifokor uni tekshiruv davomida bevosita olib tashlashi va materialni gistologiyaga yuborishi mumkin.

  • Qon ketish manbalarini qidirish — mayda eroziyalar, yara nuqsonlari va tomir makropatologiyalarini aniqlash.
CITYMED klinikasida FGDS o'tkazishning afzalliklari
  • Ultra yupqa raqamli videoendoskoplar — kichraytirilgan diametrli va yuqori aniqlikdagi (HD) moslashuvchan zondlar kiritish paytidagi noqulay tuyg'ularni minimallashtiradi va tasvirning yuqori aniqligini ta'minlaydi.

  • Medikamentoz uyqu ostida protsedura — qarshi ko'rsatmalar bo'lmagan hollarda, tekshiruv anesteziolog shifokorning doimiy nazorati ostida sedatsiya holatida o'tkazilishi mumkin.

  • Infektsion xavfsizlik — endoskopik apparatlarni yuqori darajada dezinfeksiya qilish va sterilizatsiya qilish xalqaro protokollarga muvofiq avtomatlashtirilgan yuvish-dezinfektsiyalash mashinalarida amalga oshiriladi.

  • Suratlar va video yozuvlarni berish — tekshiruv yakunlangach, bemor rasmiy tibbiy xulosani, shuningdek davolovchi shifokorga ko'rsatish uchun raqamli foto va video materiallarni (CD/USB da) oladi.

  • Kompleks yondashuv — tashrif kunida gastroskopiya (FGDS) natijalari ultra-tovush tekshiruvi (UTT) va laboratoriya tahlillari ma'lumotlari bilan solishtirilishi hamda gastroenterolog shifokor tomonidan baholanishi mumkin.
Gastroskopiyaga tekshiruviga tayyorgarlik
Videogastroskopiya qat'iy och qoringa o'tkaziladi. Aniq natijalarga erishish va protsedura xavfsizligini ta'minlash uchun tayyorgarlik qoidalariga rioya qilish zarur:

  1. Ochlik davri: oxirgi ovqatlanish — tekshiruv boshlanishidan kamida 8–10 soat oldin bo'lishi kerak.
  2. Suyuqlik cheklovi: suv ichish protseduradan 4–6 soat oldin (sedatsiya ostida o'tkazilganda — 6 soat oldin) to'xtatiladi.
  3. Dori vositalari: doimiy qabul qilinadigan dori-darmonlarni ichish davolovchi shifokor bilan oldindan maslahatlashiladi.

Keltirilgan tayyorgarlik qoidalari umumiy xarakterga ega. Bemorning individual xususiyatlari (surunkali kasalliklar, jumladan qonni suyultiruvchi dori-darmonlar qabul qilish, qandli diabet, allergiyalar, homiladorlik) tayyorgarlik sxemasini o'zgartirishni talab qilishi mumkin. Sizning holatingiz uchun aniq talablar tartibini protseduradan oldin shifokor konsultatsiyasi vaqtida maslahatlashib olishingiz lozim, yoki protseduraga yozilish paytida klinika administratoridan so'rab olishingiz kerak.
Qarshi ko'rsatmalar
Har qanday instrumental protsedura kabi, gastroskopiyaning ham bir qator cheklovlari mavjud bo'lib, ularni shifokor tekshiruvni tayinlashdan oldin baholaydi. Nisbiy va mutlaq qarshi ko'rsatmalarga, xususan, quyidagilar kiradi: yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarining og'ir dekompensatsiyasi, miokard infarkti yoki insultning o'tkir davri, qon ivishining yaqqol buzilishi, halqum va tomoqning o'tkir yallig'lanish kasalliklari, shuningdek qizilo'ngach yoki oshqozon devorining teshilishidan shubha qilish. Medikamentoz sedatsiyasiga qarshi ko'rsatmalar alohida baholanadi — bu bilan anesteziolog shifokor shug'ullanadi. Protsedurani o'tkazishning mumkinligi va usuli haqidagi yakuniy qarorni shifokor ko'rik va anamnez asosida qabul qiladi.
Ko'p beriladigan savollar (FAQ)
Qabulga yoziling
Kontakt ma’lumotlaringizni qoldiring va operatorimiz tez orada siz bilan bog‘lanadi
Tugmani bosish orqali siz shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz va maxfiylik siyosatiga rozilik berasiz.