CITYMED — bu o‘z bag‘rida ilg‘or diagnostika texnologiyalari, yuqori texnologiyali jarrohlik hamda bemorga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish an’analarini birlashtirgan zamonaviy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazidir. Ko'p yillik faoliyatimiz davomida biz O‘zbekistonning eng yirik xususiy tibbiyot majmualaridan biriga aylandik, bu yerda poytaxt va viloyatlarimizning har bir aholisi jahon darajasidagi tibbiy yordamni olishi mumkin.
Bizning markazimiz
salomatlikning yaxlit ekotizimi sifatida loyihalashtirilgan bo‘lib, unda bemorning birinchi konsultatsiyadan tortib to to‘liq reabilitatsiyagacha bo‘lgan yo‘li maksimal darajada tezkor va shinam kechadi.
Bizning missiyamiz va qadriyatlarimizBiz zamonaviy tibbiyot — nafaqat aniq tashxislar va muvaffaqiyatli operatsiyalar, balki samimiy munosabatlar hamdir deb ishonamiz.
- Kompleks yondashuv: Biz alohida bir simptomni (belgini) emas, balki butun organizm salomatligini davolaymiz.
- Xavfsizlik: Sterillik va muolajalar xavfsizligining xalqaro protokollariga eng qat’iy tarzda rioya qilish.
- Innovatsiyalar: Uskunalar parkini doimiy ravishda yangilab borish va yangi davolash metodikalarini o‘zlashtirish.