Kolonoskopiya tekshiruvi natijalasinig aniqligi ichakning qanchalik yaxshi tozalanganiga bevosita bog'liq. Tayyorgarlik ikki majburiy bosqichni o'z ichiga oladi:
- Shlaksiz parhez: tekshiruvdan 2–3 kun oldin ratsiondan kletchatkaga boy mahsulotlar (sabzavotlar, mevalar, ko'katlar, don mahsulotlari, dukkaklilar, qora non, urug'lar, yong'oqlar) to'liq chiqarib tashlanadi.
- Ichakni tozalash: kolonoskopiya tekshiruvi amaliyotidan bir kun oldin maxsus ich surish dori vositalari aniq sxema bo'yicha (shifokor bilan kelishilgan holda yoki berilgan yo'riqnoma asosida) qabul qilinadi.
Sedatsiya uchun cheklovlar: kolonoskopiya medikamentoz uyqu ostida o'tkaziladigan bo'lsa, har qanday suyuqlik qabul qilish amaliyot boshlanishidan 6 soat oldin to'xtatiladi.
Muhim! Tayyorgarlik sxemasi surunkali ichak kasalliklari, qandli diabet, antikoagulyantlar qabul qilish, homiladorlik va boshqa individual holatlarda farq qilishi mumkin. Sizning holatingiz uchun dori-darmon qabul qilish va cheklovlarning mavjudligini konsultatsiya paytida shifokordan aniqlab olishingiz tavsiya etiladi.