Ko‘pgina ginekologik kasalliklar erta bosqichlarda simptomsiz (belgilarsiz) kechadi, shu sababli muntazam tekshiruvlar uzoq muddatli reproduktiv salomatlikning garovidir. Mutaxassisga o‘z vaqtida murojaat qilish yallig‘lanish jarayonlarini, gormonal buzilishlarni samarali davolash va onkologik patologiyalar rivojlanishining oldini olish imkonini beradi.
Agar sizda quyidagi alomatlar kuzatilsa, qabulga yozilishni tavsiya etamiz:1. Hayz siklining buzilishi- Tartibsizlik: hayz ko‘rishning kechikishi, siklning keskin qisqarishi yoki uzayishi.
- Ajralmalar xarakterining o‘zgarishi: odatdagidan ko'ra haddan tashqari ko‘p (menorragiya) yoki juda kam hayz ko‘rish.
- Hayzlararo ajralmalar: sikl o‘rtasida yoki jinsiy yaqinlikdan keyin qonli ajralmalar paydo bo‘lishi.
2. Og‘riq sindromi va noqulayliklar- Qorin pastki qismidagi og‘riqlar: jismoniy yuklama paytida yoki hayz ko‘rishdan oldin kuchayishi mumkin bo‘lgan simillovchi, o‘tkir yoki lo‘qillovchi og‘riqlar.
- Algodismenoreya: hayz sikli davomida hayot sifatini pasaytiradigan va og‘riq qoldiruvchi dori vositalarini qabul qilishni talab qiladigan kuchli og‘riqlar.
- Jinsiy yaqinlik paytidagi noqulayliklar: og‘riqli hislar yoki quruqlik hissi.
3. Noodatiy ajralmalar va qichishish- Kundalik ajralmalarning rangi, hidi yoki konsistentsiyasi (quyuq-suyuqligi) o‘zgarishi.
- Tashqi jinsiy a’zolar sohasida achishish, qichishish hissi yoki qizarish (ko‘pincha infektsiyalar yoki disbioz belgilari).
4. Reproduktiv rejalar va gormonal o‘zgarishlar- Homiladorlikni rejalashtirish: organizmni homila bo‘lishiga va uni ko‘tarishga kompleks tayyorlash.
- Homila bo‘lishidagi muammolar: kontratsepsiyasiz muntazam jinsiy hayot davomida bir yil (yoki 35 yoshdan oshgan ayollar uchun 6 oy) davomida homiladorlikning kuzatilmasligi.
- Klimakterik sindrom: menopauza davridagi issiq urishlari, ko‘p terlash, kayfiyatning keskin o‘zgarishi va boshqa alomatlar.
5. Sut bezlari sohasidagi o‘zgarishlar- Sut bezlarida qattiqliklar, og‘riqlar (mastodiniya) yoki emizish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda so‘rg‘ichlardan ajralmalar kelishi.
6. Xavf guruhlari (har yili tekshiruvdan o‘tishi tavsiya etiladiganlar):Hatto hech qanday shikoyatlar bo‘lmagan taqdirda ham, CITYMEDda ayollar salomatligi bo‘yicha profilaktik Check-up tekshiruvi quyidagilarga tavsiya etiladi:
- Bachadon bo‘yni skriningini (suyuqlik sitologiyasi) o‘tkazish uchun jinsiy hayot boshlagan barcha ayollarga.
- Dinamikani nazorat qilish uchun bachadon miomasi, endometrioz yoki tuxumdon kistasi tashxisi qo‘yilgan bemorlarga.
- Oral (ichiladigan) yoki bachadon ichi kontratsepsiya usullaridan foydalanadigan ayollarga.
- Ginekologik onkologiya kasalliklariga irsiy moyilligi bo‘lgan shaxslarga.
Bundan tashqari, kontratsepsiya usullarini individual tanlash, homiladorlikni turli muddatlarda yuritish, shuningdek, ayollar salomatligi bilan bog‘liq har qanday boshqa atipik holatlarda ham konsultatsiya zarur. Bizning ginekologlarimiz aniq tashxis qo‘yish va ehtiyotkorona davolash taktikasini ishlab chiqish uchun yuqori aniqlikdagi diagnostika (jumladan, videokolposkopiya va PZR-skrining) muolajalarini o‘tkazadilar.