Tilda Publishing
LET'S GO!
Контакты
О клинике
Врачи
Услуги
Главная
- Служба скорой помощи
- Колл-центр
(ориентир ресторан Фаровон)
г. Ташкент, Шайхонтохурский район, ул.Фаробий, дом 415
LET'S GO!
Контакты
О клинике
Врачи
Услуги
Главная
РУ
UZ
CITYMEDda Kardiologiya bo'limi
CITYMED kardiologiya bo‘limi — bu yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini ekspert darajasida diagnostika qilish, davolash va profilaktikaga ixtisoslashgan to'liq zamonaviy tibbiyot markazidir. Biz gipertoniya, yurakning ishemik kasalligi, ritm buzilishlari va kardiologik profilning boshqa patologiyalarida yuqori malakali yordam ko‘rsatish uchun ilg‘or texnologiyalar hamda yetakchi mutaxassislarning ko‘p yillik tajribasini birlashtirdik.

CITYMED klinikasi Toshkent shahrida qulay joylashgan bo‘lib, poytaxt va O‘zbekistonning barcha hududlaridan kelgan bemorlarga jahon andozalariga mos kardiologik yordam olish imkoniyatini taqdim etadi. Bemorlar ixtiyorida shinam yashash va intensiv terapiya uchun barcha zarur jihozlar bilan ta’minlangan tun-u kunlik (24/7) statsionar mavjud. Yaratilgan sharoitlar tibbiyot xodimlarining tun-u kun davomida nazorati ostida ham rejali davolanishni, ham holatni shoshilinch barqarorlashtirishni amalga oshirish imkonini beradi.

Bo‘limimizda chuqur klinik tajribaga ega bo‘lgan yuqori malakali shifokor-kardiologlar jamoasi faoliyat yuritadi. Biz har bir holatga kompleks yondashamiz: birlamchi maslahatdan boshlab, to shaxsiy reabilitatsiya dasturlarini ishlab chiqishgacha. Ekspert toifasidagi diagnostika bazasidan (ExoKG, EKG va AQBning sutkalik monitoringi, yuklama testlari) foydalanish mutaxassislarimizga aniq tashxis qo‘yish va eng samarali davolash taktikasini qisqa muddatlarda tanlash imkonini beradi.

CITYMEDda yurak qon-tomir tizimini davolash uchun barcha sharoitlar yaratilgan: zamonaviy laboratoriya, yuqori aniqlikdagi instrumental diagnostika va shinam palatalar. Biz har bir bemorga e’tiborli yondashuvni, professional g'amho'rlikni va xavfsizlikni ta’minlab, yurak salomatligini saqlash hamda hayot sifatini yuqori darajaga qaytarishga yordam beramiz.
Kardiologga murojaat qilish qachon tavsiya etiladi?
Yurak kasalliklari ko‘pincha sezilarsiz rivojlanadi. Bo‘limimizdagi mutaxassislardan o‘z vaqtida olingan maslahatlar va erta diagnostika infarkt yoki insult kabi jiddiy asoratlarning oldini olish imkonini beradi.
Agar o‘zingizda quyidagi belgilarni payqasangiz, qabulga yozilishni tavsiya etamiz:

1. Ko‘krak qafasidagi og‘riq va noqulaylik

  • Ko‘krak ortidagi siquvchi yoki bosuvchi og‘riqlar (stenokardiya), ular yurish yoki hissiy zo‘riqish paytida kuchayadi.
  • Og‘riqning tarqalishi (irradiatsiya): chap yelkaga, kurakka, pastki iyakka yoki bo‘yinga uzatiladigan yoqimsiz hislar va og'riqlar.
  • Yurak sohasidagi achishish, buni ko‘pincha jig'ildon qaynashi yoki oshqozon bilan bog'liq muammolar bilan adashtirishadi.

2. Yurak ritmi va pulsning buzilishi

  • Taxikardiya: tinch holatda yurak qisqarishlari sonining barqaror yuqoriligi (daqiqasiga 90–100 tadan ko‘p), bu bo‘yin tomirlarining pul'satsiyasi yoki ko‘krak qafasida yurakning kuchli urish hissi bilan kechishi mumkin.
  • Aritmiya: yurakning notekis urishi, "to‘xtab qolishi" yoki ortiqcha zarbalar (ekstrasistolalar) his qilinishi.
  • Bradikardiya: pul'sning haddan tashqari sekinlashishi (daqiqasiga 50–55 tadan kam), bu holsizlik va ko‘z oldi qorong‘ulashishi bilan kechishi mumkin.

3. Qon bosimi bilan bog‘liq muammolar

  • Gipertoniya: qon bosimi ko‘rsatkichlarining simob ustunidan 140/90 mm dan yuqoriligi, bu quloqlarda shovqin, ko‘z oldi qorong'ulashishi va ensa sohasidagi lofillovchi bosh og‘rig‘i bilan birga kuzatilishi mumkin.
  • Gipotoniya: qon bosimining keskin tushib ketishi, bu kuchli uyquchanlik, darmonsizlik va hushdan ketish kabi holatlarini keltirib chiqarishi mumkin.

4. Nafas qisilishi, hansirash va shishlar

  • Nafas olishning qiyinlashishi: zinadan ko‘tarilganda yoki suhbat davomida hansirash yoki havo yetishmasligi hissi.
  • Yurak faoliyati bilan bog'liq shishlar: to‘piq va boldirlarda shishlar paydo bo‘lishi, ular kechga yaqin kuchayadi va ertalabgacha o‘tib ketadi.
  • Tungi yo‘tal: yotgan holatda paydo bo‘ladigan va shamollash kasalliklari bilan bog‘liq bo‘lmagan quruq yo‘tal.

5. Umumiy nevrologik va vegetativ belgilar

  • Tez-tez bosh aylanishi, yurishning beqarorligi yoki to‘satdan hushdan ketish (kolaps).
  • Issiqqa yoki jismoniy yuklamaga bog‘liq bo‘lmagan ko'p terlash holatlari (sovuq yopishqoq ter chiqishi).
  • Surunkali charchoq hissi va jismoniy yuklamalarga chidamlilikning pasayishi.

6. Xavf guruhlari (kimlar har yili tekshiruvdan o‘tishi shart):

Yaqqol shikoyatlari bo‘lmagan taqdirda ham, biz quyidagi bemorlarga CITYMEDda yurak Check-up ko‘rigidan o‘tishni tavsiya qilamiz:

  • 40–45 yoshdan oshgan shaxslar.
  • Ortiqcha vaznga ega va xolesterin miqdori yuqori bo‘lgan insonlar.
  • Qandli diabet va metabolik sindromi bor bemorlar.
  • Professional sportchilar va yuqori stressli yuklamalarga ega insonlar.
  • Yaqin qarindoshlari orasida erta yurak kasalliklaridan aziyat chekuvchilar mavjud bo'lgan insonlar.

Bundan tashqari, qo‘shma patologiyalar, yurak o‘tkazuvchanligining o‘ziga xos buzilishlari, shuningdek, yurak-qon tomir kasalliklarining atipik namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq har qanday boshqa individual holatlarda ham shifokor maslahati zarur. Hatto simptomlar standart manzaraga mos kelmasa ham, zarurat tug‘ilganda kardiologlarimiz darmonsizlikning asl sabablarini aniqlash uchun chuqurlashtirilgan tahlil o‘tkazadilar va shaxsiy davolash taktikasini ishlab chiqadilar.
CITYMED kardiologiya bo‘limining diagnostika imkoniyatlari
CITYMEDda biz kardiologik diagnostikaning “oltin standart”ini qo‘llaymiz. Diagnostika markazimizning mavjudligi shifokorlarimizga qisqa muddatlarda yuragingiz faoliyati haqida to‘liq ma’lumotlarni olish imkonini beradi.

  • Elektrokardiografiya (EKG): yurak ritmini baholash, miokard ishemiyasi yoki gipertrofiyasi belgilarini aniqlashning bazaviy va tezkor usuli.

  • Exokardiografiya (ExoKG / Yurak UTTsi): klapan apparatini vizualizatsiya qilish, yurak kameralari o‘lchamlarini o‘lchash, qisqarish qobiliyatini baholash va yashirin nuqsonlarni (poroklarni) aniqlash imkonini beruvchi ekspert toifasidagi tekshiruv.

  • Xolter bo‘yicha EKGning sutkalik monitoringi: 24 yoki 48 soat davomida yurak faoliyatini uzluksiz yozib borish. Bu shifokor xonasidagi oddiy EKGda har doim ham ko‘rinavermaydigan xavfli aritmiyalar va ishemiya epizodlarini qayd etish imkonini beradi.

  • AQBSM (Arteral qon bosimining sutkalik monitoringi): bemor uchun odatiy bo‘lgan muhitda sutka davomida qon bosimini avtomatik ravishda o‘lchash. Ushbu usul “arterial gipertenziya” tashxisini qo‘yish va tayinlangan dori vositalarining samaradorligini nazorat qilishda muhim hisoblanadi.

  • MSKT-angiografiya va koronarografiya: multispiral tomografda yurak qon tomirlarini yuqori texnologiyali vizualizatsiya qilish. Bu invaziv aralashuvsiz arteriyalarning o‘tkazuvchanligini va aterosklerotik blyashkalar mavjudligini baholash imkonini beradi.

  • Laboratoriya kardiodiagnostikasi: xolesterin darajasini (lipid spektri) aniqlash, koagulogramma, miokard shikastlanishi markerlari (troponinlar) va yurak yetishmovchiligi (NT-proBNP) ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun kengaytirilgan tahlillar.
CITYMEDda tun-u kunlik kardiologiya statsionari

Для пациентов, нуждающихся в интенсивном лечении, стабилизации состояния или углубленном мониторинге, в CITYMED функционирует полноценное стационарное отделение. Мы создали условия, где медицинская помощь экспертного уровня сочетается с комфортом, сопоставимым с домашним.


Наш стационар — это:


  • Непрерывное медицинское наблюдение 24/7: Команда опытных кардиологов и квалифицированного медицинского персонала круглосуточно контролирует состояние каждого пациента. В случае необходимости врачи готовы мгновенно скорректировать терапию или оказать экстренную помощь.

  • Интенсивная терапия и стабилизация: Мы принимаем пациентов с гипертоническими кризами, тяжелыми формами аритмий, декомпенсацией сердечной недостаточности и другими состояниями, требующими постоянного аппаратного контроля и внутривенного введения препаратов.

  • Комфортабельные палаты: Мы понимаем, что психоэмоциональный покой важен для выздоровления сердца. Пациентам предлагаются светлые, уютные палаты, оснащенные функциональными кроватями, кнопками вызова персонала, санузлом, и телевидением.

  • Сбалансированное лечебное питание: Рацион разрабатывается с учетом кардиологического профиля пациента (ограничение соли, контроль холестерина), что является важной частью комплексного процесса лечения.

  • Полный цикл обследования «у постели больного»: При необходимости базовая диагностика (ЭКГ, забор анализов) проводится непосредственно в палате, чтобы минимизировать физическую нагрузку на пациента в остром периоде.
Qabulga yoziling
Kontakt ma’lumotlaringizni qoldiring va operatorimiz tez orada siz bilan bog‘lanadi
Tugmani bosish orqali siz shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz va maxfiylik siyosatiga rozilik berasiz.