CITYMED klinikasi jarrohlik bo‘limi — bu Toshkentdagi tibbiyot markazimiz tarkibida
alohida binoni egallagan kuchli avtonom majmuadir. Bunday me’moriy yechim bizga eng qat’iy sanitariya-epidemiologiya rejimlariga rioya qilish, samarali zonalashtirishni ta’minlash va bemorlarning tiklanishi uchun maksimal darajada tinch muhit yaratish imkonini beradi.
Biz jarrohlarimizning ko‘p yillik tajribasini ekspert toifasidagi uskunalardan foydalanish bilan birlashtirgan holda, har qanday murakkablikdagi yuqori texnologiyali operatsiyalarni o‘tkazishga ixtisoslashganmiz.
Abdominal jarrohlik yo‘nalishlariBo‘limning asosiy profili
abdominal jarrohlik — qorin bo‘shlig‘i a’zolari kasalliklarini operativ davolash hisoblanadi. Bizning mutaxassislarimiz ham rejali, ham shoshilinch aralashuvlarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqdalar:
- O‘t pufagi, me’da (oshqozon) va ichaklarda kam invaziv (laparoskopik) operatsiyalar.
- Turli sohalardagi churralarni (grija) jarrohlik yo‘li bilan davolash.
- Jigar, oshqozon osti bezi va taloqdagi operatsiyalar.
- Oshqozon-ichak trakti a’zolarida rekonstruktiv (qayta tiklash) aralashuvlari.
Biz uchun reabilitatsiya davrini sezilarli darajada qisqartirish va operatsiyadan keyingi noqulayliklarni minimal darajaga tushirish imkonini beruvchi, a’zolarni saqlab qoluvchi hamda asraydigan metodikalar (щадящие методики) ustuvor yo‘nalishlar hisoblanadi.